Qo‘qon davlat universiteti Biologiya kafedrasi gerbariy fondi (KD) 2024-yilda tashkil etilgan bo’lib, aprel oyida Index herbariorum ma’lumotlar bazasidan rasmiy ro’yxatda o’tgan (https://sweetgum.nybg.org) O’zbekistondagi eng kichik gerbariy fondi hisoblanadi. Hozirda gerbariy fondida 5000 dan ortiq gerbariy namunalari saqlanmoqda. O’tgan davr mobaynida Qo‘qon davlat universiteti gerbariy fondida saqlanayotgan Lamiaceae Martinov, Boraginaceae Juss., Fabaceae Lindl. oilalari, Astragalus L. turkumining dastlabki tahlili amalga oshirildi.
Gerbariy namunalari 2024-2025-yillarda mart-sentabr oylarida Farg’ona vodiysining Chust, Mingbuloq, Zilxa, Yozyovon, Bostonbuva, Akbarabod tabiat yodgorliklari, Dang‘ara tumaning Oqjar qishlog‘i, Oloy tizmasining Sariqo‘rg‘on, Sho‘rsuv qishloqlari atroflaridan terilgan. Hozirda gerbariy fondida jami 5000 ga yaqin namunalar saqlanmoqda
Dala tadqiqotlari 2024-2025-yillarda aprel-sentabr oylarida Farg‘ona vodiysining turli mintaqalarida olib borildi va natijada 3000 dan ortiq gerbariy namunalari yig’ildi. Kameral tadqiqotlar natijada O‘zbekiston Qizil kitobiga (2019) kiritilgan hamda Farg‘ona vodiysining endem va noyob turlari tarkibiga aniqlik kiritilmoqda. Gerbariy namunalarini raqamli formatga o’tkazishda standart rang tekshirgich (X-Rite ColorChecker Classic Mini), fotoapparat (Canon EOS 4000D) va chizg’ichdan foydalanildi. Gerbariylar asosida MS Excel dasturida ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda.